Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Buskets Ronalduning rekordini takrorladi

Buskets Ronalduning rekordini takrorladi

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachisi Serxio Buskets La Liganing 28-turidan o‘rin olgan «Malorka»ga (4:0) qarshi bahsda ishtirok etdi.
Jurnalist Pedro Martinning yozishicha, ispaniyalik xavbek La Ligadagi 264-o‘yinida 200-g‘alabasiga erishdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Real» sobiq forvardi Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi. Bu ikki futbolchi La Liga tarixida 200ta g‘alaba uchun eng kam o‘yin sarflaganlar qatorida yetakchi bo‘lib turibdi.
Ikkinchi o‘rinda «Barselona» sardori Lionel Messidir. U 200ta yutuqqa 265ta o‘yinda erishgan.
Shuningdek, top-6dan quyidagi o‘yinchilar o‘rin olishgan: Marselo va Karim Benzema («Real») – 272 o‘yin, Pike («Barselona») – 273, Andres Inesta («Barselona» sobiq yarimhimoyachisi) – 288 va Jordi Alba («Barselona») – 289.


116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *