Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan: «Real» La ligada g‘olib chiqish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi»

Zidan: «Real» La ligada g‘olib chiqish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi»

Автор: admin

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida bo‘ladigan «Eybar»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hozir "Barsa"dan 2 ochko ortda qolyapmiz. Bu ko‘p emas, ammo kam ham emas. Bizni 11ta final kutib turibdi. Biz esa La ligada g‘olib chiqish uchun bor kuchi bilan harakat qilamiz.

La Liga – uzoq muddatli musobaqa. U menga yoqadi. Jamoa chempionatda barqaror ishtirok etsa, u Chempionlar ligasida ham yaxshi o‘ynaydi. Primera – eng murakkab va uzoq davom etadigan turnir.

Ispaniya futboli ancha murakkab, bizga kuchli raqiblar qarshilik qiladi. Bu esa menga yoqadi. «Real» futbolkasini kiyarkansan, har bir o‘yin muhim ahamiyatga ega bo‘ladi», – dedi Zidan.
Manba: footballhd.ru

94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *