Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Konte: «Yigitlarga e’tirozim yo‘q. «Napoli» himoyaga o‘tirib oldi»

Konte: «Yigitlarga e’tirozim yo‘q. «Napoli» himoyaga o‘tirib oldi»

Автор: admin

«Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya Kubogi yarimfinali doirasida «Napoli»ga (1:1) qarshi javob o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yindagi mag‘lubiyat (0:1) tufayli milanliklar finalga chiqa olishmadi.
«Ikki o‘yindagi harakatlarimizga ko‘ra, biz finalga chiqishga loyiq edik. Yigitlarni ayblashga sabab yo‘q. Bugun biz o‘zimiz istagan tajovuzkor uslubda o‘ynadik, ustunlik qildik.
Bizda juda ko‘p imkoniyatlar bor edi, xotirjamroq harakat qilishimiz mumkin edi. Ammo David Ospina bir nechta ajoyib seyvlar bajardi va o‘yin natijasini hal qildi. 
«Napoli» darvozasi oldida yetarlicha e’tiborli bo‘lmadik. Bunday holatlar bizga dars bo‘ladi, o‘sishimizga yordam beradi.
Yigitlar finalga chiqa olishmaganidan xafa bo‘lishdi. O‘yindan mamnunman. Unutmaylikki, «Napoli» himoyaga o‘tirib oldi va qarshi hujumlarda o‘ynadi. Bunday vaziyatda xavbeklar uzatmalar uchun yo‘l topishga qiynalishadi.
Eriksen jamoaga muvaffaqiyatli moslashayotganidan xursandman. Biz u bilan fizik va taktik tomondan ishladik. U o‘yin davomida 10-12 km yugurdi va bunday xursandman. Agar Ospina bo‘lmaganida, Kristian dublga erishgan bo‘lardi», – deb Kontening so‘zlarini keltiradi  Football Italia.


127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *