Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Seten: «Yaxshilanishi kerak bo‘lgan jihatlar bor, ammo o‘yindan mamnunman»

Seten: «Yaxshilanishi kerak bo‘lgan jihatlar bor, ammo o‘yindan mamnunman»

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiy Kike Seten La Liganing 28-turidan o‘rin olgan «Malorka»ga (4:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Har doim yaxshilanishi kerak bo‘lgan jihatlar bor, ammo men o‘yindan mamnunman. Biz samarali harakat qildik va o‘yin boshidan yetakchilikni qo‘lga oldik. Hisobni yiriklashtirishga imkoniyatlarimiz bo‘ldi. 
Suares nimaiki qilsa, hammasi yaxshi bo‘ldi. U aqlli qarorlar chiqardi. Uni maqtash uchun ko‘p sabablar mavjud. Albatta, u bundan ham yaxshiroq o‘ynay oladi.
Rotatsiyalar uchun menda ko‘p variantlar mavjud. Hamma narsa o‘zgaradi: qisqa muddatda ko‘p o‘yinlar o‘tkazishimiz odatiy holga aylanadi», – deb Setenning so‘zlarini keltiradi As.


95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *