Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ronald Kuman koronavirus yuqtirganligi ma’lum bo‘ldi

Ronald Kuman koronavirus yuqtirganligi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman koronavirusga chalingan. Bu haqda uning rafiqasi Bartina Kuman ma’lum qildi.
«Koronavirus ikkimizda ham aniqlangandi. Dastlabki topshirgan test natijalarimiz salbiy chiqqan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay qon tahlillarimiz koronavirus yuqtirib olganimizni ko‘rsatdi. Karantinda sog‘ayib chiqqanimizdan keyin turmush o‘rtog‘im velosipedga minib, do‘stlari bilan aylanishga ketdi. Kechga yaqin esa qaytib ahvoli yomonlasha boshladi. O‘shanda Ronaldning yuragida muammo borligini bildim. Chunki uning otasi va amakisi ham yurak yetishmovchiligi tufayli vafot etishgandi. Elektrokardiogramma unda yurak xuruji kuzatilganligini aniqladi», - deydi Bartina Kuman Voetbal International nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Kuman 3 may kuni yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Niderlandiyalik murabbiy yurak xurujidan avval koronavirusga chalingan bo‘lgan.


109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *