Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Hamshik va Maradonani ortda qoldirgan Dris Mertens “Napoli” tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi

Hamshik va Maradonani ortda qoldirgan Dris Mertens “Napoli” tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi

Автор: admin

33 yoshli belgiyalik futbolchi bellashuvning 41-daqiqasida hisobni ochdi. Bu Mertens uchun “Napoli” tarkibidagi 122-gol bo‘ldi. Shu tariqa hujumchi Neapol klubi tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Undan keyingi o‘rinlarda esa Marek Hamshik (121 ta gol) va Diyego Maradona (115) bormoqda.
“Napoli”ning eng yaxshi to‘purarlari:
1. Dris Mertens — 122 ta gol
2. Marek Hamshik — 121
3. Diyego Maradona — 115
4. Attila Sallyustro — 108
5. Edinson Kavani — 104
6. Antonio Voyak — 103
7. Jose Altafini — 97
8. Kareka — 96
9. Gonsalo Iguain — 91
10. Lorenso Insinye — 86.
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *