Goal24.uz » O'zbekiston » Xayrulla Hamidov maqolasi: Zlatan va Ronaldu o‘rtasidagi yulduz

Xayrulla Hamidov maqolasi: Zlatan va Ronaldu o‘rtasidagi yulduz

Автор: admin

Telegram kanalimda futbolga aloqador mashhur insonlarning tavallud sanalari xususida ma’lumotlar berib boryapman va ba’zan to‘xtab qolsam, muxlislarimiz “falon futbolchi qolib ketdi, nega bermadingiz?” deb so‘rab qolishadi. Har kuni maqola yozish qiyin, shu bois gohi to‘xtab qolishim bor gap.

Ammo bugun yashil maydonda javlon urayotgan yigitni eslab o‘tmasligim noto‘g‘ri bo‘ladi. 1983 yilning 14 iyuni qahramonimiz uchun muhim sana. Demakki, 37 bahorni qarshi olmoqda. Zlatandan ikki yosh kichik, Ronaldudan ikki yosh katta. Demoqchimanki, ana shu  futbol daholaridan kam emas uning muxlislari mamlakatimizda.

Ko‘p jamoalarda o‘ynamagan, ammo jamoadan jamoaga o‘tar ekan, kuchli jihatlarini oshirib boravergan. Mukammallik sari odimlayveradi. Shu xarakteri hurmatga loyiq. Shuningdek, hech-da qizil kartochka olmagan. Odobli. Raqib jamoa vakillari orasida ham e’zozda. Hech qachon maydonda janjal chiqarmaydi. Iloji bo‘lsa, o‘sha noqulay vaziyatni to‘xtatishga, o‘yinni davom ettirishga harakat qiladi.

Jamoasining sardori, lideri. Ikki oyoqda yaxshi o‘ynaydi, bosh bilan esa, alohida mavzu. Bosh bilan o‘ynashi kuchayganidan mana shu – liderlik xususiyatlariga ega bo‘lib ulgurgan.

Bugun u 37ga kirdi. Hamma birdek hurmat qiladigan va yaxshi ko‘radigan inson — hamkasbim, yelkadoshim va bugungi kunda sharhlovchilar ichida liderga aylangan Davron Fayziyev. Oilasi baxtiga salomat bo‘lsin, neki yaxshi tilaklar bo‘lsa, unga ilindik.

Darvoqe, bugun sharhi bor: “Real” ishtirokidagi o‘yin. Futbol ichiga kirgan odam borki, kun tanlay olmaydi. Omad. Bugungi sharhiga ham, kelajakdagi ishlariga ham.

“Di Stefano” o‘yingohida ko‘rishguncha!

Xayrulla Hamidov.
Manba: @xayrulla_hamidov

151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *