Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourino “Manchester Yunayted” bilan futbolchi talashmoqda

Mourino “Manchester Yunayted” bilan futbolchi talashmoqda

Автор: admin

“Tottenxem”ni boshqarayotgan Joze Mourino sobiq jamoasi MYu bilan bir futbolchi uchun raqobatlashmoqda.
Angliya grandlarining e’tibori “Inter” yarim himoyachisi Ivan Perishichga qaratilgan.
31 yoshli xorvatiyalik futbolchi mavsumni ijara asosida “Bavariya”da o‘tkazmoqda. Myunxenliklar bu futbolchi uchun 15-20 million evro sarflashga ko‘nmadi. Milanliklar ham bu futbolchini o‘z tarkibida olib qolmoqchi emas.
Ivan Perishichning o‘zi ham Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tish istagini bildirmoqda. U joriy mavsumda 28 ta o‘yinda oltita gol urib, sakkizta golli pas uzatdi.


137   
Добавить комментарий
Ваше имя: *