Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «So‘g‘diyona» 21 yillik noxush an’anaga chek qo‘yib, «Paxtakor»ni mag‘lub etdi

Superliga. «So‘g‘diyona» 21 yillik noxush an’anaga chek qo‘yib, «Paxtakor»ni mag‘lub etdi

Автор: admin

Superliga 4-turi doirasidagi sensatsion natija Jizzaxda kuzatildi. 3-turdan keyin 13-o‘rinda borayotgan «So‘g‘diyona» jamoasi peshqadam «Paxtakor»ni mag‘lub etishga erishdi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Jasur Hasanovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun 11 metrlik jarima to‘pi belgilandi. To‘pga yaqinlashgan Shohruz Norxonovning zarbasini Sanjar Quvvatov qaytarib, xatosini to‘g‘irladi.
Ammo 51-daqiqaga kelib Norxonov baribir niyatiga yetdi. Hasanov tomonidan uzatilgan to‘pni Shohruz Quvvatov darvozasiga kiritib, hisobni ochdi – 1:0. 

O‘yin yakunigacha «Paxtakor» hisobni o‘zgartirish uchun hujumkorlikni oshirdi, ammo vaziyatlardan birida bosh hakam Jaloliddin Masharipovga nisbatan jarima maydonida ishlatilgan qo‘pollikni bee’tibor qoldirdi. 
Yakunda Jizzax jamoasi 1999 yildan buyon ilk marta «Paxtakor»ni o‘z maydonida mag‘lub etib, 21 yillik noxush an’anaga chek qo‘yish bilan birga mavsumdagi dastlabki g‘alabani tantana qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «So‘g‘diyona» ochkolari sonini 4taga yetkazib, hozircha 10-o‘ringa chiqib oldi, «Paxtakor» esa 9 ochko bilan hozircha peshqadamlik qilmoqda.
Superliga. 4-tur
14 iyun (yakshanba)
«So‘g‘diyona» - «Paxtakor» - 1:0

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Ziyodulla Abdurahmonov, Anvar Marajabov, Ravshan Abdivohidov
Gol: Sh.Norxonov 51.
«So‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov, Ayubxon No‘’monov, Iskandar Shoyqulov, Jamshid Boltaboyev (Sanjar Rashidov, 68), Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov, 74), Jasur Hasanov (Ribeyro, 67), San’at Shixov (Shahboz Jo‘rabekov, 74), Ivan Nagayev (Javohir Qahramonov, 34), Marko Kolakovich.
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov (Anzur Ismoilov, 71), Yegor Krimets, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Igor Sergeyev, 71), Dostonbek Hamdamov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Eren Derdiyo‘q.


174   
Добавить комментарий
Ваше имя: *