Goal24.uz » Jahon » Dunyo to‘purarlari reytingini Ronaldu boshqarmoqda. Messi unga qachon etib oladi?

Dunyo to‘purarlari reytingini Ronaldu boshqarmoqda. Messi unga qachon etib oladi?

Автор: admin

Evropada mamlakatlari chempionatlari orasida Bundesliga, La Liga va A Seriya musobaqalari boshlandi. Bu ligalardagi eng mohir to‘purarlar yana raqib darvozabonlarini ranjita oshladi. Pandemiyalan keyin qayta tiklangan Bundesliga bahslarida“Bavariya” forvardi Robert Levandovski beshta gol urdi. “Barselona” sardori Lionel Messi gol urish va golli pas uzatishda jonbozlik ko‘rsatmoqda.
To‘purarlar reytingida g‘oliblik uchun kurash aynan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida kechishi kundek ravshan. Chunki bu ikki futbolchi qolgan raqobatchilaridan ancha ilgarilab ketgan.
Yana bir e’tiborli jihati shundaki, eng zo‘r to‘purarlar reytingidan asosan uzoq yillardan buyon to‘p surayotgan, faoliyatini yakuniy bosqichini boshdan o‘tkazayotgan hujumchilar joy olgan. Shuning uchun yaqin yillarda bu ro‘yxatda keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmayapti.
Xullas, reytingni eng yuqori pog‘onasini 725 ta gol urgan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallab turibdi.

Ikkinchi pog‘onadan joy olgan Lionel Messi ham etti yuzlik marraga yaqinlashib qoldi. Argentinalik yulduz hisobidagi gollar soni 698 tani tashkil qilmoqda.

Kuchli uchlikni to‘purarlar orasida yoshi eng katta bo‘lgan Zlatan Ibrohimovich 522 ta gol bilan yakunlab berdi.
Zamonamizning eng zo‘r to‘puralari va ularning natijasi bilan tanishing:
 
  1. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 725 ta gol

  1. Lionel Messi («Barselona») — 698 ta gol

  1. Zlatan Ibragimovich («Milan») — 522 ta gol

  1. Robert Levandovskiy («Bavariya») — 462 ta gol

  1. Luis Suares («Barselona») — 458 ta gol

  1. Serxio Aguero («Manchester Siti») — 412 ta gol

  1. Klas-Yan Xyuntelar («Ayaks») — 399 ta gol

  1. Edinson Kavani (PSJ) — 391 ta gol


907   
Добавить комментарий
Ваше имя: *