Goal24.uz » O'zbekiston » Shota Arveladze Jizzaxdagi mag‘lubiyatdan keyin: «Uch vaziyatda penalti tepishimiz mumkin edi»

Shota Arveladze Jizzaxdagi mag‘lubiyatdan keyin: «Uch vaziyatda penalti tepishimiz mumkin edi»

Автор: admin

Superliga 4-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» (1:0) uchrashuvidan keyin dastlab mehmonlar ustozi Shota Arveladze o‘yin borasida to‘xtaldi.
«O‘yin kutganimizdek qiyin kechdi. Chempionatning to‘xtab qolgani yomon bo‘ldi. Endi avvalgi holatga qaytishimiz lozim. Juda sekin o‘ynadik, sur’atni oshirmadik. Bunga mezbonlar ham o‘yinni ko‘p to‘xtatib, sababchi bo‘lishdi. Mezbonlarni olqishlashim mumkin. Karantindan keyin yaxshi holatga qaytib olishga bir necha o‘yin kerak bo‘ladi. Har ikki bo‘limda ham sekin harakat qildik. Bundan ancha tez o‘ynay olamiz. Uch vaziyatda biz penalti tepishimiz mumkin edi. Holatni ko‘rib chiqib, e’tirozimni bayon qilishim mumkin», - deya gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda «Paxtakor» matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, ushbu mag‘lubiyat «Paxtakor»ning mavsumdagi ilk muvaffaqiyatsizligi bo‘ldi.


120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *