Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Nasaf» «Navbahor» bilan durang qayd etib, peshqadamga aylandi

Superliga. «Nasaf» «Navbahor» bilan durang qayd etib, peshqadamga aylandi

Автор: admin

Superliga 4-turi doirasida «Nasaf» Qarshida «Navbahor»ni qabul qilib, jangovar hisobdagi durang qayd etdi.
O‘yin shiddatli boshlandi. 5-daqiqada Mirzohid G‘ofurov o‘z goli bilan mehmonlarni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa, 8 va 9-daqiqalarda Sherzod Qosimov ketma-ket ikki darvoza tomon ham penalti belgiladi. Biroq ikki vaziyatda ham darvozabonlar o‘z jamoalarini muqarrar goldan qutqarib qolishdi.
Mezbonlar 66-daqiqada Bobir Abdixoliqovning goli evaziga hisobni tenglashtirgan bo‘lishsa, uch daqiqa o‘tmay Zabihullo O‘rinboyev Namangan klubini yana hisobda oldinga chiqardi. 87-daqiqada esa Stanoyevich ajoyib zarbasi bilan hujumkor ruhda o‘tgan o‘yinni chiroyli natija bilan yakunlab berdi – 2:2.
Ushbu durangdan keyin «Nasaf» ochkolari sonini 10taga yetkazib, «Paxtakor»ni ortda qoldirgan holda 1-o‘ringa chiqib oldi. «Navbahor» esa 5 ochko bilan 7-o‘ringa chiqdi.
E’tiborlisi, Namangan klubi ketma-ket uchinchi yil Qarshidan ochko bilan qaytdi.
Superliga. 4-tur, 14 iyun (yakshanba)
«Nasaf» — «Navbahor» - 2:2
Hakamlar: Sherzod Qosimov,Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Shuxrat Rajabov
Gollar: Bobir Abdixoliqov 66, Marko Stanoyevich 87 - Mirzohid G‘ofurov 5, Zabihullo O‘rinboyev 69.
«Nasaf»: 21. Mashhurjon Muhammadjonov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev (9. Xaris Dilaver, 80), 10. Bobir Abdixoliqov, 14. Sharof Muhitdinov, 15. Jo‘rabek Mannonov (6. Murodbek Xo‘jamberdiyev, 75), 20. Islom Kenjaboyev (34. Sherzod Nasrullayev, 46), 22. Akmal Mozgovoy (7. Dilshod Rahmatullayev, 75), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov.
«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov, 9. Ivan Solovyov, 10. Azizbek Turg‘unboyev (95. Zabihullo O‘rinboyev, 46), 11. Islombek Isoqjonov (20. Amirbek Jo‘raboyev, 77), 15. Obid Jo‘raboyev, 19. Mirzohid G‘ofurov, 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxonov, 28. Xurshidbek Muxtorov, 70. Abbosjon G‘ulomov.
Amalga oshirilmagan penaltilar: Umar Eshmurodov 8 (darvozabon), Azizbek Turg‘unboyev 10 (darvozabon).



313   
Добавить комментарий
Ваше имя: *