Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov jamoasi o‘z uyida autsayderga yutqazib qo‘ydi

Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov jamoasi o‘z uyida autsayderga yutqazib qo‘ydi

Автор: admin

Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rta tempda o‘tdi va maydon egalari kichik ustunlikka ega bo‘ldi. Biroq ikkinchi bo‘lim debyutida mehmonlar tezkor gol urishga erishdi: Leonid Kovelning aniq zarbasidan so‘ng kiritilgan to‘pdan so‘ng qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan “talabalar” 22 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketdi. So‘nggi o‘rinda borayotgan “Belshina” esa mavsumdagi ilk g‘alabasini qayd etdi
Belarus Oliy Ligasi
13-tur bahsi
14-iyun, yakshanba

“Energetik-BGU” — “Belshina” 0:1

Gol: 0:1 – 47 Kovel.
“Energetik-BGU”: Lesko, Svirepa, Miroshnikov (Sovpel, 46), Yudchits, Mavatu, Yaxshiboyev, Umarov (Atemeng, 46), Girs (Musaxanyan, 60), Nosko, Tve, Shkurdyuk.
“Belshina”: Xaritonovich, Grek, Solanovich, Nechayev, Yasyukevich, Rekish (Nivaldo, 68), Glebko (Kuchinskiy, 89), Bashilov, Malyarov (Bejonov, 84), Salimov, Kovel.
Ogohlantirishlar: Shkurdyuk (18), Solanovich (50), Rekish (57), Yaxshiboyev (57), Tve (77), Bashilov (87).
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *