Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Tezkor xabar! “Zenit” Shomurodov transferi bo‘yicha so‘nggi qarorini e’lon qildi

Tezkor xabar! “Zenit” Shomurodov transferi bo‘yicha so‘nggi qarorini e’lon qildi

Автор: admin

Rossiya premer-ligasi peshqadami “Zenit” o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni transfer qilish variantidan voz kechdi. Bu haqda Metaratings nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, Sankt-Peterburg jamoasi rahbariyati klubni tark etishi kutilayotgan Sardor Azmun o‘rniga yozgi transferlar vaqtida Eldor Shomurodovni olmoqchi edi. Ma’lum bo‘lishicha, pandemiya ta’sirida "Zenit"ning transfer siyosati o‘zgargan. 
Piterliklar ayni paytda chempionat o‘yinlarida to‘rtta hujumchidan foydalanmoqda. Artyom Dzyuba va Sardor Azmundan tashqari argentinalik Sebastyan Druissi va braziliyalik Malkom ham yuqori saviyalik o‘yinchilar hisoblanadi. Qolaversa, Azmunning jamoadan ketishi so‘roq ostida turibdi. Chunki unga qiziqqan "Milan" kuchli beshlik chempionatlariga ko‘nikkan Luka Yovichni olishga qaror qildi. Eronlik to‘purarga jiddiy qiziqqan "Napoli" ham futbolchining transfer summasi qimmatligini pesh qilmoqda.
"Zenit" klubi xo‘jayinlari iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, mavsum tugagunicha hech kimga yangi shartnoma taklif qilinmaslikka, bundan tashqari, yozda katta transferlarni amalga oshirmaslikka qaror qildi. Eldor Shomurodovning transferi esa Rossiya miqyosida yirik xaridlar sirasiga kiradi. Chunki o‘zbek hujumchisi "Rostov" tomonidan 10-15 million evroga baholanayotgani ma’lum qilingan edi. 
“Zenit” hujumni kuchaytirish maqsadida “Sochi”da ijarada o‘ynayotgan tajribali hujumchi Aleksandr Kokorinni qaytarib olib kelishi haqiqatga yaqin. Bu futbolchi qamoqda o‘tirib chiqqaniga qaramay, "Sochi" tarkibida 4 ta o‘yinda 3 ta gol urib, to‘purarlik mahoratini yo‘qotmaganini namoyish qildi. Kokorin bu mavsumni sochiliklar tarkibida yakunlash bo‘yicha kelishuvga ega. Keyin katta ehtimol bilan "Zenit" uni qaytarib oladi. 
Shuningdek, "Zenit"ning asosiy to‘purari Artyom Dzyubaga ham yangi bitim taklif qilinadi. Dzyubaning yoshi va Evropa futbolining asosiy talablaridan biri - tezkorlik masalasi tufayli uni biror kuchli chempionatga ketishiga ishonish qiyin. Artyom bor mahoratini Rossiya chempionatida ko‘rsatadi. 
Xulosa qilib aytganda, piterliklar biror yangi futbolchi olish niyatida emas. Aksincha, ayrim o‘yinchilar mavsum yakunida o‘zlariga boshqa jamoa qidirishga majbur bo‘ladi. Xususan, "Zenit" katta tajribaga ega bo‘lgan va mavsum so‘nggida shartnomasi yakunlanadigan Yuriy Jirkovdan ham voz kechadi.
Eldor Shomurodov masalasida esa uning agenti qator klublar bilan muloqot qilayotgani haqida xabarlar bor. Zotan, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Rossiya chempionatidagi boshqa klublardan ko‘ra Evropaning kuchli chempionatlaridan biriga o‘tishni ma’qul ko‘radi.  
Qolaversa, Eldor joriy chempionatda jamoasi bilan Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun kurashmoqda. Hamyurtimizga ko‘z tikkan jamoalar skautlari va evropalik agentlar o‘zbek hujumchisini aynan yuqori nufuzli musobaqada top klublarga qarshi qanday o‘yin namoyish eta olishi qiziqtirmoqda. Demak, hamyurtimizning oldida ko‘p variantlar paydo bo‘ladi.
Bu yilgi chempionatda esa 24 yoshli Eldor Shomurodov 22 ta uchrashuvda 11 ta gol va 6 ta golli pas muallifi bo‘ldi. U to‘purarlar bahsida aynan “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyuba bilan bellashmoqda. Eldorning “Rostov” bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.
213   
Добавить комментарий
Ваше имя: *