Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Modrich Mbappening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi uchun qayerda to‘p surishi kerakligini aytdi

Modrich Mbappening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi uchun qayerda to‘p surishi kerakligini aytdi

Автор: admin

«Real» klubi yarimhimoyachisi, 2018 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Luka Modrich «PSJ» forvardi Kilian Mbappening kelajagi haqida gapirib o‘tdi.
«Yetakchiga aylanish uchun Mbappeda barcha imkoniyatlar bor. U 2018 yilgi jahon chempionatida ham o‘zining ajoyib qirralarini namoyish eta olgandi. Fikrimcha, Kilian «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni istasa, u va uning jamoasi o‘yinlarda qiyinchiliksiz g‘alaba qozona olmaydigan kuchliroq chempionatga o‘tishi kerak», - deydi xorvatiyalik yarimhimoyachi La Gazzetta dello Sport’ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli fransiyalik hujumchi 2017 yildan buyon «PSJ» safida to‘p surib kelmoqda. Mbappe klubi safida Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumlarida jami 64 gol va 26ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *