Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona" bosh murabbiyi de Yongning jarohati haqida gapirdi

"Barselona" bosh murabbiyi de Yongning jarohati haqida gapirdi

Автор: admin

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong kecha La Liganing 28-turidan o‘rin olgan "Malorka"ga (4:0) qarshi o‘yinda jarohatlandi.
Gollandiyalik xavbek uchrashuvning 84-daqiqasida zaxiraga olindi. Hozircha uning jarohati qay darajada jiddiy ekani noma’lum.
“Biz boshqa futbolchini almashtirishni rejalashtirayotgan edik, ammo de Yongning o‘zi bizdan zaxiraga olishni so‘radi. U o‘zini noqulay his qilayotganini aytdi. Uning jarohati jiddiy emas deb umid qilaman”, - deydi jamoa bosh murabbiyi Kike Seten.
23 yoshli de Yong joriy mavsum “Barselona” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *