Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Chelsi» olti nafar futbolchisini transferga qo‘yadi

«Chelsi» olti nafar futbolchisini transferga qo‘yadi

Автор: admin

Londonning «Chelsi» klubi ushbu mavsum yakunida jamoaning bir qator futbolchilarini transferga qo‘yishga qaror qilgan. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard klub egasi Roman Abramovichdan jamoaning 6 nafar futbolchisi - Emerson, Temua Bakayoko, Mishi Batshuayi, Davide Dzappakosta, Viktor Mozes va Denni Drinkuoterni transferga qo‘yish uchun ruxsat so‘ragan. 
O‘z o‘rnida rossiyalik milliarder klub sport direktori Petr Chexdan ushbu futbolchilarning aksariyatini ijaradan qaytarib, yozgi transfer oynasida sotuvga qo‘yishni so‘ragan. Transferdan tushgan mablag‘ Lempardning istagiga ko‘ra, «Bayer»dan Kay Xaversning sotib olinishi uchun sarflanishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Leverkuzen jamoasi Bundesliga joriy mavsumi kashfiyotiga aylangan Xaversni 100 million yevro transfer narxida qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qilgandi.


103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *