Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Levandovskining sobiq agenti mijozi qaysi klubga o‘tmoqchi bo‘lgani va uch klubning taklifi haqida aytdi

Levandovskining sobiq agenti mijozi qaysi klubga o‘tmoqchi bo‘lgani va uch klubning taklifi haqida aytdi

Автор: admin

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskining sobiq agenti Sezari Kuxarski polshalik forvardning «Real» klubiga o‘tmoqchi bo‘lganligi haqida gapirdi.
«Orada Levandovski «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish fikridan qaytgandi. Shu bois muzokaralar juda cho‘zilgan. Robert Ispaniya La Ligasiga ko‘chib o‘tib, «Real» safida to‘p surmoqchi bo‘lgandi. Sababi u Ronaldu bilan bir klubda to‘p surishni istagandi. 
Men ham uni katta klubning asosiy to‘purari bo‘la olishiga ishontirgandim. Chunki u «Real»da ertami-kech Benzemaning o‘rnini tortib olardi. Biroq Levandovskining «Bavariya»dagi yuqori mavqeidan kelib chiqib, u asosiy forvardga aylanishi dargumon bo‘lgan boshqa klubga yetaklab borolmasdim. 
Bir qator klublar, jumladan «Real», «Arsenal» yoki «Manchester Siti» bilan muzokaralarda ham mijozimning klubda asosiy hujumchi sifatida ko‘rilishi shartligi haqida gapirganman. 
Levandovski hozir 31 yoshda. Unga faoliyatini «Bavariya»da yakunlash haqida maslahat bergan bo‘lardim. U Myunxen klubida yana ko‘p yillar o‘ynab, rekordlarni yangilashda davom etgan bo‘lardi», – deydi Sezari Kuxarski Futbolownia’ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Levandovski «Bavariya» safida Bundesliga joriy mavsumida 30ta golga mualliflik qilib, klubi bilan peshqadamlik qilmoqda.


125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *