Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Modrich: «Ronalduning «Real»dagi gollarini sog‘inayapmiz, bizga uning xarakteri yetishmayapti»

Modrich: «Ronalduning «Real»dagi gollarini sog‘inayapmiz, bizga uning xarakteri yetishmayapti»

Автор: admin

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduning jamoa o‘yinchilariga ta’siri haqida gapirdi.
«Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri. Bu haqda gapirish noo‘rin bo‘lsa-da, Krishtianuning «Real»dagi gollarini sog‘inayapmiz. Bizga uning gollari va xarakteri yetishmayapti. U har bir o‘yinda faqat g‘olib bo‘lishni istardi. Butun jamoani qo‘llab-quvvatlab, ruhan olg‘a boshlardi.
Insoniy jihatidan unga 10dan ham yuqoriroq baho qo‘ygan bo‘lardim. Ronaldu yordamga muhtoj bo‘lganlarga hech qachon yordamini ayamagan. Uning qalbi keng, o‘rnak qilsa arziydigan inson», - deya Ronaldu haqida fikr bildirdi Modrich La Gazzetta dello Sport’ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Ronaldu Madriddagi qariyb 10 yillik faoliyatidan keyin 2018 yilda 100 million yevro transfer puli evaziga «Real»dan Turinning «Yuventus» klubiga o‘tgandi.


97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *