Goal24.uz » O'zbekiston » "Andijon" bugungi uchrashuvni qora bog‘ichda o‘tkazadi.Nega?

"Andijon" bugungi uchrashuvni qora bog‘ichda o‘tkazadi.Nega?

Автор: admin

Bugun Superliganing 4-tur o‘yinlariga yakun yasaladi. Ushbu turdan o‘rin olgan "Buxoro" hamda "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda "Andijon" futbolchilari qora bog‘ich ostida maydonga tushishlarini klub matbuot kotibi Odilbek Tolipov tasdiqladi.
"Ha, haqiqatdan ham jamoamiz futbolchilari bugun maydonga qora bog‘ich ostida maydonga tushadi. Sababi, kuni kecha viloyatimiz hokimi, klubimiz prezidenti Shuhratbek Qo‘shaqboyevich Abdurahmonovning onasi - Saodatxon aya vafot etgandi. Futbolchilarimiz o‘z ta’ziyalarini mana shu tarzda bildirishga qaror qilishdi" - dedi Odilbek Tolipov.
Eslatib o‘tamiz, "Buxoro" hamda "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Buxoro shahridagi "Markaziy" stadionda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, Muborak shahridagi "B. Vafoyev" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi. Ushbu bahsni O‘zMTRKning "Sport" telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatadi.

145   
Добавить комментарий
Ваше имя: *