Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Arsenal” Azmunni o'z safiga qo'shib olishga yaqin

“Arsenal” Azmunni o'z safiga qo'shib olishga yaqin

Автор: admin

Mundo Deportivo jurnalisti Fransesk Agilarning xabar qilishicha, London va Sankt-Peterburg klublarining sobiq futbolchisi Andrey Arshavin Azmunni “to'pchilar”ga tavsiya qilgan.
“O'z sobiq o'yinchisi Andrey Arshavinning tavsiyasiga ko'ra, “Arsenal” eronlik Sardor Azmunni sotib olishga yaqin turibdi. Qiziq futbolchi”, deya qayd etgan Agilar.
Avvalroq, Azmun bilan “Napoli” va “Lacio” klublari muzokara olib borayotgani aytilgandi. Qayd etilishicha, Arshavin Azmun borasida “Arsenal” ustozi Mikel Arteta bilan suhbat o'tkazgan.
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *