Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Alaba Parijga yo‘l olishi mumkin

Alaba Parijga yo‘l olishi mumkin

Автор: admin

PSJ klubi “Bavariya” himoyachisi David Alabaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, parijliklar allaqachon avstriyalik futbolchining transferi masalasida “Bavariya”ga so‘rov yuborgan. Qolaversa, Alabaning o‘zi ham ushbu qiziqish haqida xabardor. Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Agar Alaba shartnomani uzaytirmasa, PSJ unga taklif bildirishi mumkin.
27 yoshli futbolchi joriy mavsum “Bavariya” safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *