Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Manba: Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining qolgan qismi formati tafsiloti ma’lum bo‘ldi

Manba: Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining qolgan qismi formati tafsiloti ma’lum bo‘ldi

Автор: admin


17 iyun, chorshanba kuni UEFAning ijroqo‘m yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasining joriy mavsumdagi qolgan qismi formati tasdiqlanadi.

Bugun "Sky Sport Italia" nashri yevrokuboklar qay tarzda yakunlanishi borasidagi tafsilotlarni ma’lum qildi.

Chempionlar ligasi

"Atletiko", "PSJ", "Atalanta" va "Leypsig" klublari chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lishgan.

"Barselona" – "Napoli" (birinchi o‘yin - 1:1), "Manchester Siti" – "Real" (2:1), "Bavariya" – "Chelsi" (3:0) va "Yuventus" – "Lion" (0:1) juftliklarida esa javob o‘yinlari o‘tkazilishi kerak. Ular 6-7 avgust kunlari avval rejalashtirilganidek, Barselona, Manchester, Myunxen va Turin shaharlarida o‘tkaziladi.

Chorak finaldan boshlab barcha o‘yinlar Lissabon shahrida o‘tkaziladi. 12 avgustdan 15 avgustga qadar har kuni bittadan chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

18-19 avgust kunlari yarim final bahslari belgilangan. Final esa 23 avgust kuniga rejalashtirilmoqda.

UEFA chorak final va yarim final bosqichi o‘yinlariga iyul oyida qur’a tashlaydi.

Yevropa ligasi

Yevropa ligasi musobaqasida vaziyat murakkabroq. Turnirning nimchorak final bosqichi doirasida 2ta juftlikda hattoki dastlabki o‘yinlar ham o‘tkazilmagan.

"Sky Sport Italia"ga ko‘ra, "Inter" – "Xetafe" va "Roma" – "Sevilya" juftliklari g‘oliblari Germaniyadagi neytral maydonda o‘tkaziladigan bitta o‘yinda aniqlanadi.

Qolgan juftliklardagi javob bahslari esa avvaldan rejalashtirilgan shaharlarda o‘tkaziladi.

Sakkiz finalchi esa 10-21 avgust kunlari oralig‘ida Germaniyaning Duysburg, Gelzenkirxen, Dyusseldorf va Kyoln shaharlari mezbonlik qiladigan chorak final, yarim final va final uchrashuvlarida ishtirok etishlari kerak. Yevropa ligasi finali 21 avgust kuni Kyolnda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Chorak final bahslari 10-11 avgust, yarim final o‘yinlari esa 16-17 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

UEFA superkubogi 24 sentyabr kuni Budapeshtda o‘tkazilishi kutilmoqda.
Manba: sport24.ru

61     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *