Goal24.uz » O'zbekiston » “Buxoro” katta murabbiyi: “Andijon”ga qarshi bahsda darvozamizga yo‘q joydan ikki marta penalti belgilandi

“Buxoro” katta murabbiyi: “Andijon”ga qarshi bahsda darvozamizga yo‘q joydan ikki marta penalti belgilandi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Andijon” o‘yinidan (2:2) so‘ng ikkala jamoa murabbiylar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Dastlab “Andijon” klubi murabbiyi Diyor Mirzaboyev (aslida klub bosh murabbiyi Viktor Kumikov, xabarlarga ko‘ra, uning hujjat ishlari bilan bog‘liq muammolari bor va shu sababdan bu bahsda jamoani Mirzaboyev boshqarib turgan) o‘yin haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:
“21 kun jismoniy tayyorgarlikni maromiga keltirish uchun yetarli bo‘lmadi. Shu sababdan zaxiradagi futbolchilarimizdan foydalandik. Ikkita penaltidan gol urgan bo‘lsak-da yakunda g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Vaziyatlardan unumli foydalanganimizda g‘alaba bilan qaytardik. So‘nggi daqiqalarda diqqatni yo‘qolishi hisobni tenglashishiga olib keldi. Ikkala jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Yuqori darajada bahsni o‘tkazib berishdi.
Tomoshabinlarsiz o‘yin? Faoliyatimda bunday holatga ilk bor duch kelishim. O‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushganimizda ham muxlislarimiz stadiondan turib qo‘llab-quvvatlab turardi.
Beshta futbolchi almashtirishga munosabatim qanday? Yuqorida ham aytib o‘tdim, 20 kun jismoniy tomondan tiklanishga yetmaydi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarni aybdor qilmoqchi emasman. Yutuq va mag‘lubiyat bari jamoaniki. Lekin zaxiradan qo‘shilgan o‘yinchilar o‘zini oqlamadi.Ulardan o‘yinni kuchaytirishlarini kutgandik. Bizda “Buxoro”ga qaraganda vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi”, – deb Mirzaboyevning so‘zlarini keltiradi “Championat.asia”.
“Buxoro” katta murabbiyi Mirislom Hasanov esa jamoasi darvozasi tomon belgilangan ikki penaltini nohaq deb deb atadi.
“Uch oydan so‘ng futbol o‘ynadik. Bu katta ta’sir qildi. Legionerlarimiz pandemiya sabab yetib kela olishmadi. Shuning uchun yoshlarni maydonga tushirdik. Bollarga ham rahmat aytmoqchiman. Bugun yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Darvozamizga ikki marotaba yo‘q joydan penalti belgilandi.
“Mash’al” jamoasi barchasini professional tarzda sharoitlarni yaratib berdi. Dezinfeksiya ishlari va boshqa tashkiliy ishlarni a’lo darajada qilib berdi. Birinchi bo‘limda havo harorati juda issiq edi. Dastlabki 25 daqiqadan so‘ng futbolchilar moslashib olishdi.
Birinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik. Ikkinchi bo‘limda toliqib qoldik. Bizga g‘alaba kerak edi. Bir tomondan bollar hali tayyor emasdi. Hattoki, o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkazmadik. 8-9 kun davomida tayyorgarlik ko‘rdik”, – deydi Mirislom Hasanov.
Ushbu o‘yinda “Buxoro” mavsumdagi birinchi ochkosini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Andijon” esa navbatdagi durangni qayd etdi. Har ikkala jamoa ham musobaqa jadvalining so‘nggi qatorlaridan o‘rin (“Andjion” — 12-o‘rin, “Buxoro” esa 13-o‘rin) egallab turibdi.
103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *