Goal24.uz » Video lavhalar » Qatarda JCH-2022ning uchinchi stadioni rasman ochildi (video)

Qatarda JCH-2022ning uchinchi stadioni rasman ochildi (video)

Автор: admin

15 iyun, dushanba kuni Qatarda 2022 yilgi jahon chempionati uchun qurib bitkazilgan uchinchi stadionning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir muxlislarsiz o‘tkazildi.

Ochilish marosimi koronavirus pandemiyasi paytida ham "Education City Stadium"ni qurishda davom etgan ishchilarga bag‘ishlandi.

«Koronavirusdan jabr chekkan yoki pandemiyaga qarshi kurash olib borganlarga hurmat bajo keltiramiz. Stadionning ochilishi og‘ir pallada barqarorlik namoyish etgan ishchilarning mehnati samarasi hisoblanadi», — dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.

Ar-Rayyan shahridagi arena 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, u Qatarda o‘tadigan JCH uchun qurib bitkazilgan uchinchi stadion hisoblanadi. Bungacha «Xalifa» stadion rekonstruksiya qilingan va Al-Vakra shahridagi «Al-Janub» stadioni ochilgan edi. "Education City Stadium" talabalar shaharchasi markaziga aylanishi kutilmoqda.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, 2020 yil oxiriga qadar yana 3ta stadionning qurilishi oxiriga yetadi. Qolgan arenalar Mundial boshlangunga qadar foydalanishga topshiriladi.
121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *