Goal24.uz » O'zbekiston » Muhammad Alining muxlisi

Muhammad Alining muxlisi

Автор: admin

1992 yilning 15 iyunida Liverpul hujumchisi Muhammad Salah ham tug‘ilgan. Millionlab muxlislariga ega bo‘lgan yigit nafaqat hujumchilar uchun, balki oddiy insonlar uchun ham yaxshigina namuna.

Muhammad Alining muxlisi hisoblanadi. Uning ismi, albatta, mashhur bokschining ismiga qo‘yilmagan, lekin u o‘z faoliyatini ham Ali singari kechishini istaydi. Qisman o‘xshashlik izlaydigan bo‘lsak, Chelsidagi og‘ir faoliyatidan so‘ng Muhammad Ali nokdaun holidan tura olgani kabi tura olgan va mavsumni 43 goli bilan yakunlagan.

Salah o‘zi tug‘ilib o‘sgan Nagrig qishlog‘i haqida ko‘p qayg‘uradi. Haligacha u yerda maktablar quradi, yopiq stadionlar va doim sport inventarlari jo‘natib turadi.

2017 yili Muhammad Misr milliy valyutasini qutqarib qolgan. Davlat mutasaddilari valyutani ushlab qolish uchun chet el valyutasi zarurati borligini aytishganida, birinchilardan bo‘lib 210 ming funt sterling xayriya qilgan.

Shu bilan birgalikda, juda kamtar yigit. Misrni 32 yillik tanaffusdan so‘ng jahon chempionatiga olib chiqqanida, misrlik biznismen unga villa sovg‘a qilishni istagan, Salah esa, unga villasi kerakmasligini, uning o‘rniga qishlog‘ingizga yordam bersangiz, meni sovg‘ani qabul qildi, deyavering, degan.

Yoshligida o‘ng qanotda himoyada o‘ynaganini ko‘pchilik bilmasa kerak. El Movkalun jamoasi mashg‘ulotlariga beshta avtobusdan foydalanib borar ekan, futboldan voz kechishni bir lahza bo‘lsa ham o‘ylamagan. Bir kuni jamoasi asosiy raqibi ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonganida, hamma kiyim almashtirish xonasida xursand bo‘lib raqsga tushayotganida, yoshgina Muhammad yig‘lab o‘tirganini ko‘rishadi. Murabbiy undan nega bu ahvoldaligini so‘raydi. Salah to‘rtta gol urilgan oqshom gol ura olmaganidan xafaligini aytadi. Shundan keyin murabbiy uni hujumga qo‘ya boshlaydi. Bu esa, jamoaga foyda keltiradi – U16 va U17 tarkibida 35 ta gol bilan yakunlaydi mavsumni.

Uni Misr Messisi deyishadi, ammo ko‘proq Ronalduni e’tirof etadi. Sababi esa – ko‘p mehnat qiladi, deydi. O‘zi ham ustida ko‘p ishlaganidan shu xulosaga kelgan, shekilli.

Dunyoning eng tezkor futbolchilaridan biri. Hatto FIFA o‘yinlarida ham tezligi Ronaldudan ko‘proq qilib ko‘rsatilgan. BeynSports maxsus tadqiqot o‘tkazgan va ko‘p holda 70 metrni 7 sekundda bosib o‘tadigan Muhammad Salahni Useyn Bolt bilan bir xil yuguradi, degan xulosaga kelgan. Bu taqqosda futbolchi maysaga botadigan butsada yugurishi hisobga olingan va yo‘qotadigan vaqti ayirib tashlangan.

Muhammad Salah shuningdek o‘ta xudojo‘y inson. Har gol urganidan so‘ng qo‘lini samoga ko‘tarishi ko‘pchilik uchun tushunarli, 35 gradusli issiqdagi ramazon kunlarida o‘yin payti suv uzatilganida rad qilgan. Qiziga Makka shahrining hurmatiga Mekka deb ism qo‘yib o‘zgartirgan. Nega deb so‘ralganida, mashhur “Mekka Bingo” kazinosiga o‘xshash bo‘lib qolishidan qo‘rqqanman, deb javob bergan. Ismning yozuvini o‘zgartirgan so‘ng.

Salah bugungi kunda Messi va Ronaldu yonida Oltin to‘p uchun kurashgan kamsonli yulduzlardan biri. Jamoasi koronavirus o‘rtaga aralashmasa, o‘ttiz yildan keyin nihoyat APL chempionligini qo‘lga kiritardi. Misrning mundialga qanchadan so‘ng borgani yodingizga tushgandir? Ha, hammasi o‘xshash. Mana shu siymo borligi uchun uning sababi borligini ham aytib o‘tamiz.

Xayrulla Hamidov.
Manba: @xayrulla_hamidov

173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *