Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Koutino APLning qaysi klubida o‘ynamoqchiligi ma’lum

Koutino APLning qaysi klubida o‘ynamoqchiligi ma’lum

Автор: admin

«Barselona»ga tegishli bo‘lgan, hozirda «Bavariya»da ijarada o‘ynayotgan yarimximoyachi Filippe Koutino «Liverpul»ga qaytishi mumkin, deb xabar beradi Marca.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik xavbek allaqachon «qizillar» bosh murabbiyi Yurgen Kloppga qo‘ng‘iroq qilgan va maoshi pasayishga roziligini, klubga qaytishdan xursand bo‘lishini aytgan. Avvalroq Kataloniya klubi rahbariyati Koutino bilan yozgi transferlar oynasida xayrlashishni maqsad qilgani xabar qilingandi.
Koutino «Barselona»ga o‘tguniga qadar 2013-2018 yillarda «Liverpul»da harakat qilgan. 
27 yoshli yarimhimoyachi 2019 yil yozida 8,5 mln yevro evaziga ijara asosida «Bavariya»ga o‘tdi va Bundesligada 22ta bahsda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning «Barselona» bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.


120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *