Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Yevropa Chempionlar Ligasi joriy mavsumidagi qolgan o‘yinlar qanday formatda o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Yevropa Chempionlar Ligasi joriy mavsumidagi qolgan o‘yinlar qanday formatda o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin


Chempionlar Ligasi Lissabonda “sakkiz finalchi” formatida o‘tkaziladi. Chorak finallar 12—15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi, yarim finallar — 18—19-avgust, final uchrashuvi esa 23-avgustga belgilangan.
Musobaqaga iyul oyi o‘rtalarida qur’a tashlanadi.
1/8 finaldan o‘rin olgan “Yuventus” — “Lion” va “Barselona” — “Napoli” uchrashuvlari 7—8-avgust kunlari Turin hamda Barselonada o‘tkaziladi. “Manchester Siti” — “Real” va “Bavariya” — “Chelsi” o‘yinlarining qayerda bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritilmagan.
Yevropa Superkubogi 24-sentabr kuni Budapeshtda o‘tkaziladi.
Mazkur qaror tashkilotning 17-iyun kungi yig‘ilishida tasdiqlanadi. Eslatib o‘tamiz, “Atalanta”, “Atletiko”, PSJ va “Leypsig” jamoalari Chempionlar Ligasi chorak finaliga yo‘llanma olgan.
58     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *