Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Verner Evropa chempionlar ligasi ro‘yxatidan chiqarildi

Verner Evropa chempionlar ligasi ro‘yxatidan chiqarildi

Автор: admin

“Leyptsig” hujumchisi Timo Verner jamoani tark etishi aniq bo‘ldi. “Leyptsig” uni Chempionlar ligasining qolgan uchrashuvlarida o‘ynaydigan futbolchilar ro‘yxatidan chiqardi.
Timo Vernerning o‘zi yangi klubi “Chelsi” safiga tezroq qo‘shilishni istamoqda. 24 yoshli hujumchi  Chempionlar ligasi mavsumini “Leyptsig”da yakunlash taklifni rad etdi.
Vernerning transferi haqida yaqin fursatda rasman e’lon qilinadi. “Chelsi” futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 53 million evroni to‘lashga rozi bo‘lgan.
“Leyptsig” Vernerni 2016 yili “Shtutgart”dan 14 million evroga xarid qilgan. Shundan buyon Timo barcha turnirlarda 156 ta uchrashuv o‘tkazib, 92 ta gol urdi va 40 golli pas uzatdi. Uning faoliyatida joriy mavsum alohida ahamiyat kasb etadi. U bu mavsumda 42 ta uchrashuvda 31 ta gol urdi va 13 ta goli pas uzatdi.


121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *