Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Bir darvozabonni uch klubi talashmoqda

Bir darvozabonni uch klubi talashmoqda

Автор: admin

Ijara asosida Shotlandiyaning “Seltik” jamoasi darvozasini qo‘riqlayotgan Freyzer Forster “Chelsi” va “Arsenal” klublaridan birini tanlashi mumkin.
Transfer huquqi “Sautgempton”ga tegishli bo‘lgan 32 yoshli golkiper ishonchli o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozonmoqda.
“Sautgempton” Freyzer Forsterni 10 million funt sterling evaziga boshqa jamoaga qo‘yib borishga tayyor. “Seltik” ham bu posbonni o‘zida olib qolishga harakat qilmoqda.
Forster faoliyati davomida “Nyukasl”, “Norvich” va “Bristol Rovers” jamoalari darvozasini ham qo‘riqlagan.
Mohir darvozabon bu mavsumda 39 ta uchrashuvdan 17 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va 28 ta gol o‘tkazdi.


130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *