Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messidek sadoqatlisi topilmas

Messidek sadoqatlisi topilmas

Автор: admin

“Malorka”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan Ivan Rakitich “Barselona“ tarkibida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan legionerlar orasida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Mazkur bahs xorvatiyalik yarim himoyachi uchun kataloniyalik tarkibidagi 300-o‘yin bo‘ldi.
Hozircha, “Barselona” libosida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan chet ellik futbolchi Lionel Messi bo‘lib turibdi. Argentinalik hujumchi shu kunga qadar 719 ta o‘yinda maydonga tushgan va uning har bir uchrashuvi yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.
391 ta o‘yinda qatnashgan Dani Alves va 334  marta maydonga tushgan Xaver Maskerona Kataloniya klubidagi faoliyatini yakunlagan.
Rakitich “Barsa” tarkibida 2014 yildan buyon o‘ynamoqda va jami 35 ta gol va 39 ta golli uzatma bilan 13 ta sovringa ega chiqqan.


125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *