Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourinyu sardorga yordam bermoqchi

Mourinyu sardorga yordam bermoqchi

Автор: admin

“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino mavsum so‘nggida erkin agentga aylanayotgan PSJ sardori Tyago Silvaga ish taklif qilmoqda.
Bu transfer amalga oshishi ko‘proq Silvaning qaroriga bog‘liq. Chunki futbolchining maoshi haftasiga 350 ming funtni tashkil qiladi. PSJda pandemiya paytida maoshlarni qisqartirilishiga aynan Tyago Silva qarshi chiqqan.
Ayni paytda Silvaga “Arsenal”, “Everton” va “Milan” qiziqayotgan bo‘lsa-da, hozirgi sharoitda aksariyat klublar bu futbolchi talab qilayotgan maoshni berolmaydi. Silva uchun esa Evropada qolish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki futbolchi ikki yildan so‘ng bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilgan va Braziliya terma jamoasidan chaqiruv olishi uchun Evropaning kuchli chempionatida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak.
117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *