Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Gattuzo Italiya kubogi finaliga bir kun qolganida «Napoli» futbolchisini mashg‘ulotlardan haydab yubordi

Gattuzo Italiya kubogi finaliga bir kun qolganida «Napoli» futbolchisini mashg‘ulotlardan haydab yubordi

Автор: admin

«Napoli» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo seshanba kuni klub hujumchisi Irving Losanoni jamoa mashg‘ulotlaridan haydab yubordi, deya xabar bermoqda Corriere dello Sport.

Manbaning yozishicha, italiyalik mutaxassis jamoa mashg‘ulotlariga beparvolik qilib, sovuq munosabatda bo‘lgani uchun futbolchini mashg‘ulotlar jarayonidan haydab yuborgan. Losano avvalroq ham Gattuzoning o‘quv mashg‘ulot yig‘inidan quvilgandi. 24 yoshli meksikalik futbolchining Jenaro bilan munosabati yaxshi emasligi uchun uning klubdagi taqdiri so‘roq ostida qolgan.
Ma’lumot uchun, «Napoli» 17 iyun kuni Italiya kubogi finali doirasida Rimda «Yuventus»ga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi.


132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *