Goal24.uz » Yevropa jamoalari » MYu va “Barsa” talashayotgan futbolchi kim?

MYu va “Barsa” talashayotgan futbolchi kim?

Автор: admin

“Barselona”, “Atletiko” va “Manchester Yunayted” ijara asosida “Osasuna”da o‘ynayotgan himoyachi Pervis Estupinyanni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
22 yoshli futbolchi asli “Uotford”ga tegishli. Kelishuvga ko‘ra, “Osasuna” bu futbolchi transferini to‘liq sotib olish huquqiga ega. Grand klublar “Osasuna” Pervisni olmaydigan taqdirdagina unga da’vogarlik qilishi mumkin.
Ekvadorlik futbolchi joriy mavsumda primerada 27 ta va Ispaniya kubogida 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Himoyachi bu o‘yinlarda bitta gol va beshta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning transfer summasi 7 million evroga baholanmoqda.


155   
Добавить комментарий
Ваше имя: *