Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» Ramosga yangi o‘rinbosar topdi

«Real» Ramosga yangi o‘rinbosar topdi

Автор: admin

Madridning «Real» klubi jamoa sardori va himoyachisi 34 yoshli Serxio Ramos o‘rniga o‘rinbosar sifatida himoyachi topgan, deya xabar bermoqda Calciomercato.com.

Manbaning yozishicha, «qirollik klubi» Ramos o‘rniga «Yuventus»ning 20 yoshli himoyachisi Matteys de Ligtni taklif etmoqchi. Klub niderlandiyalik futbolchi uchun yozgi transfer oynasida 100 million yevro sarflashi kutilmoqda. Oldinroq, Matteysga «Barselona» klubi ham qiziqayotganligi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, de Ligtning «Yuventus» bilan shartnomasi 2024 yilgacha imzolangan. 20 yoshli himoyachi A Seriya joriy mavsumida 20 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan.


111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *