Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Stiven Jerrard: “APL g‘olibligidan so‘ng “Liverpul” Kloppga haykal qo‘yishi kerak”

Stiven Jerrard: “APL g‘olibligidan so‘ng “Liverpul” Kloppga haykal qo‘yishi kerak”

Автор: admin

“Men darhol aniqlik kiritib olmoqchiman: Yurgen — dunyoning eng yaxshi murabbiyidir. U “Liverpul”ni yangi bosqichga olib chiqa oldi. Klopp kelganida klub Premyer Liganing dastlabki to‘rtligida ham emasdi. U Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldi va 30 yillik tanaffusdan keyin ilk bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.
Yurgenni munosib mukofotlash kerak deb o‘ylayman. Ko‘pincha biz futbolda o‘zgalarning yutuqlarini tan olish uchun ularning keksayishini kutamiz. Ammo o‘ylashimcha, “Liverpul” xo‘jayinlari bunga yo‘l qo‘ymaydi. Premyer Liga g‘olibligidan so‘ng ular Kloppning haykali ustida ishlashni boshlashi kerak”, — deydi Jerrard.
Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp 2015-yilda “Liverpul”ni qabul qilib olgan. Shu yillar mobaynida “qizillar” uning qo‘l ostida Chempionlar Ligasi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va UEFA Superkubogida g‘olib chiqdi. Germaniyalik 52 yoshli mutaxassisning ingliz klubi bilan kelishuvi 2024-yilgacha amal qiladi.
129   
Добавить комментарий
Ваше имя: *