Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” taklifini rad eta oladigan futbolchi ham bor ekan

“Barselona” taklifini rad eta oladigan futbolchi ham bor ekan

Автор: admin

“Breshia” yarim himoyachisi Sandro Tonali Italiya chempionatidagi faoliyatini davom ettirish maqsadida “Barselona” va PSJ takliflariga rad javobini berdi.
20 yoshli futbolchi yana besh-olti yil davomida A Seriyada mahoratini oshirishga qaror qilgan.
Iste’dodli futbolchining bu qarori Italiya grandlari “Inter” va “Yuventus”ning imkoniyatlarini oshirib yubordi. Har ikki klub ham ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan tayanch yarim himoyachisini o‘z safida ko‘rishni istaydi.
O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ya olmaydigan “Breshia” uchun grandlar talashayotgan futbolchini ushlab o‘tirishdan ma’ni yo‘q. Shuning uchun ular Tonalini 50 million evroga sotib yuborishga tayyor.


124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *