Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Seten «Leganes»ga qarshi bahs va Grizmanning o‘yini haqida fikr bildirdi

Seten «Leganes»ga qarshi bahs va Grizmanning o‘yini haqida fikr bildirdi

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten La Liganing 29-turidan o‘rin olgan «Leganes»ga (2:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

«O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Agar siz boshida gol ura olmasangiz, unda hammasi murakkablashadi. Shunday ham bo‘ldi. Yaxshi boshladik, ammo bir nechta imkoniyatlardan foydalana olmadik. Raqibga imkoniyat berdik. Kubok bahsida ham shunday bo‘lgandi, ular gol urishlari mumkin edi. So‘nggi 20 daqiqada biz yana o‘yinni nazorat qildik – raqib yaxshi yopildi va himoyalandi. Bo‘sh joy topish oson bo‘lmadi. Bundan tashqari to‘p bilan yaxshi ishlamadik. 
Grizmann? Hujumda o‘ynaydiganlarga oson emas. Raqib jamoa bo‘lib himoyalanayotganda bo‘sh hududni topish uchun juda nozik harakat qilishingiz kerak. Bu oson emas. Grizmann maqtovga loyiq o‘yin namoyish etdi. Gol ham urdi, ammo bekor qilindi.
To‘p bilan yaxshiroq ishlasak va o‘ta yopilib olmaydigan raqiblar bilan o‘ynasak, bundan-da muvaffaqiyatli o‘ynashimiz mumkin», – deb Setenning so‘zlarini keltiradi Marca.
121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *