Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rakitich: «Fati biroz sabr qilishi kerak»

Rakitich: «Fati biroz sabr qilishi kerak»

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachisi Ivan Rakitich La Liga 29-turi doirasidagi «Leganes»ga (2:0) qarshi o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ansu Fati uchun juda ham xursandman. U maydonda katta hajmdagi ishlarni bajardi. Biroq shoshish yaramaydi, u biroz sabr qilishi kerak. 

Grizmann ham gol urdi, biroq inobatga olinmadi. Antuan «Barselona» uchun juda muhim futbolchi. 
«Sevilya»ga qarshi o‘yingacha kam vaqt qoldi. Orada tiklanish uchun vaqtimiz oz bo‘lsa-da, biz maksimal darajada foydalanib, tayyor bo‘lishimiz kerak. Jamoada motivatsiya borasida muammo bo‘lmaydi», — deya Rakitichning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Ma’lumot uchun, La Liga 30-turi doirasidagi «Sevilya» — «Barselona» uchrashuvi 19 iyun kuni «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida o‘tkaziladi.


111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *