Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Bugun APL qaytadi!

Bugun APL qaytadi!

Автор: admin

"Manchester Siti" mo‘’jiza umidida "Liverpul" omadsiz seriyani boshlashini kutadi. Ammo bu bilan ish bitmaydi. Siti bironta o‘yinda qoqilishga haqqi yo‘q. 3 oylik tanaffusdan so‘ng raqibning ham jiddiysi tushib qoldi. "Arsenal"!

"Man Siti" - "Arsenal" o‘yiniga anons tayyorlashda bir mavzuni cheklab o‘tib bo‘lmaydi. Xosep Gvardiola murabbiylikda shogirdi hisoblangan Mikel Arteta bilan to‘qnash keladi. To‘pni egallash statistikasi uchun jang. Mayda paslar bo‘yicha raqobat. Top murabbiy va umidli murabbiy dueli. Ikki grand jamoa to‘qnashuvi.

Harbiy xizmatdan qaytgan yigit dastlab barchaning ko‘ziga boshqacha ko‘rinadi. Keyin ko‘nikishadi. Futbolning qaytishi ham iziga tushguncha o‘zgacha ko‘rinishi mumkin. Biroq bu o‘sha biz bilgan tezkor va yorqin APL, uzoq kutilgan va sog‘inilgan chempionat!

Bugungi markaziy o‘yinni birgalikda tomosha qilamiz.

APL. "Manchester Siti" - "Arsenal".
Bugun 00:15 UzReport-TV Live

Davron Fayziyev.
Manba: https://t.me/Davron_Fayziev

109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *