Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » 17 yoshli Ansu Fati yana bir natijasi sabab La Liga tarixidan joy oldi

17 yoshli Ansu Fati yana bir natijasi sabab La Liga tarixidan joy oldi

Автор: admin

Fati uchun bu Ispaniya chempionatidagi beshinchi gol bo‘ldi. Shu tariqa Ansu 17 yosh-u 229 kunligida 5 ta to‘p kiritgan La Liganing XXI asrdagi ikkinchi eng yosh o‘yinchisiga aylandi. Birinchi o‘rin “Barselona” sobiq hujumchisi Boyan Krkichga tegishli, u 17 yosh-u 201 kunligida Ispaniya chempionatida beshta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi, deya xabar bermoqda Opta.
Ma’lumot o‘rnida Fati 2012-yilda “Sevilya”dan “Barselona” akademiyasiga ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda u La Liga bahslarida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *