Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Eldor Shomurodov yozda Evropaga ketadi, uni hatto Mourino ham taniydi!

Eldor Shomurodov yozda Evropaga ketadi, uni hatto Mourino ham taniydi!

Автор: admin

Rossiya premer-ligasida muvaffaqiyatli to‘p surayotgan o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov haqida mutaxassislar, futbolchilar, murabbiylar, agentlar tomonidan ko‘plab iliq fikrlar  bildirilmoqda.
Goal24.uz portali joriy mavsumda Eldor Shomurodov haqidagi eng qiziq va e’tiborga molik fikrlarni e’tiboringizga havola qiladi.
German Tkachenko, ProSports Management kompaniyasi rahbari, Fyodor Smolovning agenti
“Selta” bizga Shomurodovni so‘rab, murojaat qilgandi. “Buni iloji yo‘q!”, deb o‘rniga Smolovni tavsiya qildik. O‘xshab qoldi.
Denis Simanenkov, soccer365.ru bloggeri
“Rostov”ning o‘zbek hujumchisi 6 oktyabr kuni TsSKA qarshi yuqori saviyada o‘yin namoyish etib, bittadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi. O‘shandan keyin Eldor terma jamoada ham ko‘p gol urdi.
Rinat Bilyaletdinov, taniqli murabbiy
Shomurodov - zo‘r o‘yinchi. Lekin bu “Rostov”ning Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga jiddiy da’vogarlik qilishiga kamlik qiladi. Shunga qaramay, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin, istalgan vaqtda omad kulib qolishi ham bor.
Livesport.ru portali
Dzyubaning eng xavfli raqobatchisi – Eldor Shomurodov. Lekin u “Rostov”ni tark etishi mumkin. Shartnomasi 2024 yilgacha tuzilganiga qaramay, futbolchining agenti German Tkachenko yozda Eldorning Evropaga ketishini aytmoqda. Lekin mavsum oxirigacha Eldor to‘purarga aylanib, yangi jamoasi bilan tuziladigan shaxsiy shartnomasini yanada yaxshilash uchun imkoniyatlarini kengaytirib olishi ham mumkin.
Tomislav Duymovich, xorvatiyalik futbol agenti
Eldor Shomurodov “Rostov”ga juda katta foyda keltiryapti. Aslida jamoa hujumiga unga yordam beradigan futbolchi olish kerak. Lekin Shomurodovning yakka o‘zi hammasining uddasidan chiqmoqda. Men uchun “Rostov” Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, Shomurodovning Evropa top-klublariga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatishi juda qiziq bo‘lardi.
Aleksandr Veryaskin, “Sochi” tahlilchisi
Eldor Shomurodov vaziyatlardan foydalanishda kuchli.
Artyom Dzyuba, “Zenit” to‘purari
Kurash tugagani yo‘q. Eldor Shomurodov – juda yaxshi hujumchi, menga yoqadi. Bizning poygamizga Sardor Azmun ham qo‘shilishi mumkin. Kurashamiz.
Gleb Chernyavskiy, sports.ru bloggeri
Shomurodov – Rossiya premer-ligasi super yulduzi. Hammaga gol uryapti va palovni paqqos tushirmoqda.
Eldorni Joze Mourino ham biladi. Ularni German Tkachenko tanishtirgan.
German Tkachenko, ProSports Management kompaniyasi rahbari, Shomurodovning agenti
Shomurodov masalasida, tan olishim kerakki, ko‘plab nemis klublari bilan aloqadamiz.  
Biz rostovliklarni xafa qilish fikridan yiroqmiz. Lekin yozda ketmoqchimiz. Biz Rossiya premer-ligasidan kelayotgan takliflarni ko‘rib chiqmaymiz. Maqsadimiz G‘arb chempionatlariga o‘tish. Hozir ham aniq takliflar bor.  
297   
Добавить комментарий
Ваше имя: *