Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Manba: «Rostov»ning 6 nafar futbolchisida koronavirus aniqlangan

Manba: «Rostov»ning 6 nafar futbolchisida koronavirus aniqlangan

Автор: admin

«Rostov» klubining 6 nafar futbolchisi katta ehtimol bilan koronavirus yuqtirib olgan. Bu haqda rossiyalik sharhlovchi va insayder Nobel Arustamyan xabar bergan.
«Rostovliklar safidagi futbolchilardan Roman Yeremenko, Dennis Xajikadunich, Xoren Bayramyan, Matias Normann, Ivelin Popov va Arseniy Logashov COVID-19 infeksiyasi aniqlangan. Klub Rossiya Futbol Ittifoqi hamda Rospotrebnadzor talab va ehtiyot choralariga ko‘ra, ikki haftalik karantinga olinadi», - deyiladi manbada.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchilardan olingan test natijalariga ko‘ra ularda infeksiya aniqlangan. Biroq, hozircha klub ushbu ma’lumotni tasdiqlaganicha yo‘q.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surayotgan «Rostov» 19 iyun kuni Rossiya Premer-ligasi doirasida «Sochi»ga qarshi maydonga tushishi kerak edi.


137   
Добавить комментарий
Ваше имя: *