Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Rostov» koronavirus haqidagi xabarni tasdiqladi. Klubning 42 nafar a’zosi karantinga olindi

«Rostov» koronavirus haqidagi xabarni tasdiqladi. Klubning 42 nafar a’zosi karantinga olindi

Автор: admin

«Rostov» jamoa futbolchilarining koronavirusga topshirgan testi musbat natija berganligi va klub karantinga olinishini rasman tasdiqladi. 
«Rossiya Premer-ligasi 23-turi doirasidagi «Sochi» — «Rostov» uchrashuvi oldidan jamoamiz futbolchilari, murabbiylar shtabi va klub xodimlarining COVID-19ga topshirgan testi natijasiga ko‘ra, tarkibdagi 6 nafar futbolchining testi ijobiy natija bergani aniqlandi. Ushbu futbolchilar alohida nazoratga olindi. 
Kasallanganlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan jamoaning futbolchilari, murabbiylari – jami 42 nafar a’zosi ikki haftalik karantinga olindi», - deyiladi klub xabarida.
Oldinroq, 6 nafar futbolchining nomi ma’lum qilingandi. Bular - Roman Yeremenko, Dennis Xajikadunich, Xoren Bayramyan, Matias Normann, Ivelin Popov va Arseniy Logashov. 
Jamoa a’zolari bir necha kun oldin ikki tarkibga bo‘linib, o‘zaro nazorat o‘yini o‘tkazishgan. 
Rossiya Premer-ligasi doirasida 19 iyun kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan «Sochi»ga qarshi bahs noma’lum muddatga qoldirilgan.


163   
Добавить комментарий
Ваше имя: *