Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi yangi mavsumi formati o‘zgartirildi

Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi yangi mavsumi formati o‘zgartirildi

Автор: admin


UEFA ijroqo‘mi Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi 2020/21 mavsumining yangi formati va taqvimini tasdiqladi.
Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi saralash bosqichi faqat 1ta o‘yindan iborat bo‘ladi. Faqat Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida uy-safar tizimi saqlanib qoladi.
Chempionlar Ligasi 2020/21 mavsumi:
– Dastlabki bosqichi: 8 va 11 avgust
– Birinchi saralash bosqichi: 18/19 avgust
– Ikkinchi saralash bosqichi: 25/26 avgust
– Uchinchi saralash bosqichi: 15/16 sentyabr
– Pley-off bosqichi: 22/23 va 29/30 sentyabr
– Guruh bosqichi: 20/21 va 27/28 oktyabr, 3/4 va 24/25 noyabr, 1/2 va 8/9 dekabr.
Yevropa Ligasi 2020/21 mavsumi:
– Dastlabki bosqich: 20 avgust
– Birinchi saralash bosqichi: 27 avgust
– Ikkinchi saralash bosqichi: 17 sentyabr
– Uchinchi saralash bosqichi: 24 sentyabr
– Pley-off bosqichi: 1 oktyabr
– Guruh bosqichi: 22 va 29 oktyabr, 5 va 26 noyabr, 3 va 10 dekabr
Qolgan bosqichlar taqvimi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi mos ravishda 1 va 2 oktyabr kunlari Afina shahrida o‘tkaziladi.


52     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *