Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rivaldo: «Messi Grizmannga yordam berishi kerak»

Rivaldo: «Messi Grizmannga yordam berishi kerak»

Автор: admin

«Barselona» klubi sobiq futbolchisi Rivaldo "ko‘k-anorranglilar" hujumchisi Antuan Grizmann haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Uning fikricha, Lionel Messi fransiyalik futbolchiga yordam berishi kerak.

"Restartdan keyin «Barselona» 2ta o‘yinda g‘alaba qozondi, Grizmann boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi, ammo Antuan «Atletiko»dagi faoliyatiga nisbatan o‘ziga o‘xshamayapti. Ba’zilar "u «Barselona»da yangi Koutinyo bo‘ladimi", deya savol bera boshladi.

Gollarning yo‘qligi futbolchining ruhiyatini tushiradi va Grizmannga nisbatan ishonchning pasayishiga olib keladi. Shuning uchun Antuanga Messining yordami kerak. Masalan, "Barsa" yirik hisobda g‘alaba qozonayotganida Leo penaltini Grizmannga berishi mumkin. Fransiyalik futbolchi gol ta’mini his qilishi kerak. O‘tgan yillarda Messi Suaresga shunday tarzda yordam bergan edi», — dedi Rivaldo.

Grizmann La liganing ushbu mavsumida 28ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.
Manba: sport24.ru

116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *