Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. 101 daqiqa davom etgan o‘yinda «Siti» «Arsenal»ni yirik hisobda yengdi (turnir jadvali)

APL. 101 daqiqa davom etgan o‘yinda «Siti» «Arsenal»ni yirik hisobda yengdi (turnir jadvali)

Автор: admin

APLda 28-turning qoldirilgan o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qilgan «Manchester Siti» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Sterling, De Bryuyne va Foden tomonidan kiritilgan gollar «shaharliklar»ga g‘alaba keltirdi.
O‘yinda jarohatlar ko‘p bo‘ldi. «Arsenal»dan Pablo Mari va Granik Chakalar 20-daqiqaga keliboq jarohat olib maydonni tark etgan bo‘lsa, manchesterliklar vakili Erik Garsiya maydonni shifokorlar yordamida tark etdi. Unga juda ko‘p vaqt yordam berilgani va o‘zgarishlar ko‘p bo‘lgani sabab hakam uchrashuvga 11 daqiqa qo‘shib berishga majyuur bo‘ldi.
Bu g‘alabadan keyin «Manchester Siti»ning ochkolari soni 60taga yetdi va Gvardiola jamoasi «Liverpul» bilan farqni 22 ochkogacha qisqartirib oldi.

Angliya chempionati, 28-turning qoldirilgan o‘yini
Manchester Siti – Arsenal 3:0
Gollar: Sterling (45), Bryuyne (51, penalti de), Foden (90).
Manchester Siti: Ederson, Erik Garsiya, Uoker, Laport (Fernandino, 70), Mendi, Silva (Bernardu Silva, 65), de Bryuyne (Rodri Ernandes, 70), Marez (Foden, 65), Gyundogan, Sterling, Gabriel Jezus (Aguero, 80).
Arsenal: Leno, Mari (David Luiz, 24), Belerin, Mustafi, Tirni, Uillok (Nelson, 67), Genduzi (Meytlend-Naylz, 67), Chaka (Sebalos, 8), Obameyang, Nketia (Lyakazett, 67), Saka.
Chetlatish: David Luis (49).


573   
Добавить комментарий
Ваше имя: *