Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Oblak quruq o‘yinlar soni bo‘yicha La Liga rekordini o‘rnatdi

Oblak quruq o‘yinlar soni bo‘yicha La Liga rekordini o‘rnatdi

Автор: admin

«Atletiko» darvozaboni Yan Oblak Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan «Osasuna»ga (5:0) qarshi bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Bu sloveniyalik posbonning La Liga doirasidagi 100-quruq o‘yinidir. Bu natija uchun Oblakka 182ta bahs yetarli bo‘ldi.

Opta'ning ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli darvozabon 100ta quruq bahsga kam o‘yin sarflash borasida «Barselona» va «Atletiko»ning sobiq posboni Migel Reynaning rekordini yangiladi. Reyna bunday ko‘rsatkichni 222ta bellashuvda qayd etgan.
Shuningdek, Oblak Primerada 100ta o‘yinda gol o‘tkazmagan 21-legioner darvozabonga aylandi.


151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *