Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Janubiy Koreya va Avstraliyadan qo‘rqmayapti va chorak finaldagi raqib haqida o‘ylamoqda

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Janubiy Koreya va Avstraliyadan qo‘rqmayapti va chorak finaldagi raqib haqida o‘ylamoqda

Автор: admin

Biroz avval OFK shtab-kvartirasida o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shu yilning kuzida Bahraynda o‘tkaziladigan chempionatning guruh bosqichidagi jamoalar raqiblarini bilib olishdi. Unga ko‘ra o‘smirlar terma jamoamiz S guruhida Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Qur’a tashlash marosimidan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Olim Shokirov O‘FA matbuot xizmatiga guruhdagi raqiblar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Biz S guruhidan o‘rin oldik. Raqiblarimiz Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston. Bahraynda o‘tadigan Osiyo chempionatigacha bo‘lgan muddat - 5 oydan samarali foydalansak, rejalarimizning hammasi amalga oshsa, niyatimizga etamiz. Kvartetimizdagi jamoalarning kuchli tomonlarini bilamiz. Ulardan qo‘rqadigan joyimiz yo‘q.
D guruhini ham olib qarasak, Yaponiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni va Indoneziya joylashgan. Demak, chorak finalda ham raqiblarimiz ancha kuchli bo‘ladi. Shogirdlarimiz o‘z kuchiga ishonadigan bo‘lsa, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Guruhimiz juda kuchli, lekin hammasi o‘zimizga bog‘liq, - dedi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Olim Shokirov.
Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi 16 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Bahraynda o‘tishi rejalashtirilgan.
110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *