Goal24.uz » O'zbekiston » Osiyo chempionati U-19 o‘yinlari taqvimi ma’lum. O‘zbekiston yoshlar jamoasi guruh o‘yinlarini «Bunyodkor» stadionida o‘tkazadi

Osiyo chempionati U-19 o‘yinlari taqvimi ma’lum. O‘zbekiston yoshlar jamoasi guruh o‘yinlarini «Bunyodkor» stadionida o‘tkazadi

Автор: admin

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qarorgohida 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilgach, barcha o‘yinlarning taqvimi ma’lum bo‘ldi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U19 yoshlar milliy jamoasi Eron, Indoneziya va Kamboja bilan bir guruhdan joy oldi.
O‘zbekiston ishtirokidagi guruh bosqich o‘yinlarga Toshkentdagi «Bunyodkor» stadioni mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Qolgan bahslar Toshkentdagi «Lokomotiv», Olmaliqdagi OKMK stadioni hamda Namangandagi «Navbahor» stadionlarida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinlari sanasi:
«A» guruhi.
1-tur. 14 oktyabr 

O‘zbekiston – Eron
O‘yin vaqti: 19:00
Mezbon stadion: «Bunyodkor»
Indoneziya – Kamboja
O‘yin vaqti: 15:00
Mezbon stadion: «Bunyodkor»
2-tur. 17 oktyabr
Kamboja – O‘zbekiston
O‘yin vaqti: 19:00
Mezbon stadion: «Bunyodkor»
Eron – Indoneziya
O‘yin vaqti: 15:00
Mezbon stadion: «Bunyodkor»
3-tur. 20 oktyabr
O‘zbekiston – Indoneziya
O‘yin vaqti: 19:00
Mezbon stadion: «Bunyodkor»
 
Kamboja – Eron
O‘yin vaqti: 19:00
Mezbon stadion: «Bunyodkor».
Ma’lumot uchun, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 14-31 oktyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan.



193   
Добавить комментарий
Ваше имя: *